
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" tadbiri
Karmana tumani 7- umumiy o'rta ta'lim maktabida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan "Muqaddas ayol" nomli katta tadbir bo'lib o'tdi.Ushbu tadbirda faxriy ustozlarimiz, mahalla faollari va o'quvchilarimiz onalari, buvilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida maktabimiz bir guruh pedagog xodimlari hamda maktab o'quvchilari maktab direktori S. X. Achilov tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Tadbirda kuy va raqslar ijro etildi. Tadbir tomoshabinlarga manzur bo'ldi.