FILOLOGIYA FANLARI VILOYAT FORUMI BO'lIB O'TDI

O'zbekiston Respublikasining 1989 yil 21 oktyabrdagi "Davlat tili to'g'risida”gi 3561-XI-sonli Qonuni qabul qilinganligining 28 yilligini munosib nishonlash, yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini o'rganishga alohida e'tibor qaratish, ta'lim-tarbiya tizimining barcha bo'g'inlarida filologiya fanlarini (ona tili, adabiyot, o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg'iz, tojik, turkman, rus, ingliz, nemis, fransuz) o'qitish sifati samaradorligini yanada yaxshilash, mazkur fanlar yo'nalishida fidokorona xizmat qilayotgan o'qituvchi va murabbiylarni rag'batlantirish hamda filologiya fanlari o'qituvchilarining Respublika Forumining davomi sifatida "Til va ta'lim: muammolar, istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi filologiya fanlari o'qituvchilarining viloyat Forumi joriy yilning 21 noyabrь sanasida bo'lib o'tdi.
Respublika Forumida ishtirok etgan barcha filologiya fanlari yo'nalishidagi o'qituvchilar o'zlari o'rgangan ma'lumotlarini viloyatdagi o'qituvchilar bilan o'rtoqlashishdi.
Filologiya fanlari o'qituvchilarining viloyat Forumi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
navxtb.uz
скачать dle 12.0
Добавлено: 24-11-2017, 21:42
0
12 607

Похожие публикации


Наверх