Odob-axloq qoidalari

O’quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:

а) Ta’lim muassasasi hududida:
- maktabga mashg’ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o’quvchilar libosi (formasida)da kelishi:
- toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o’g’il bolalar sochlarining uzunligi me’yor (1-1,5 sm)dan oshmasligi , qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);
- chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
- ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;
- o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
- ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;
- maktab yo’laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;
- maktabga o’quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o’quvchilar uchun mo’ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo’lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);
- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik.
b) Dars vaqti (sinf xonalari) da :
- dars jarayoniga halal beradigan harakatlar qilinishidan saqlanish;
- uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;
- dars vaqtida o’rinsiz gaplashmaslik;
- jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;
- qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
- ovqatmaslik, saqich chaynamaslik.
v) Tanaffusda:
- tanaffusdan unumli foydalanish ;
- o’z o’qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
- navbatdagi dars bo’ladigan xonaga o’z vaqtida o’tish;
- fan o’qituvchisining ko’rsatmasi bo’yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;
- katta tanaffus vaqtida navbastchi o’quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash.

g) Maktab oshxonasida
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo’llarni yuvish;
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
- taomlarni olishda “navbatda turish” tartibiga rioya qilish;
-tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat ko’rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik ko’rsatish;
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o’zida iste’mol qilish;
- ovqatlanishdan so’ng idishlarni yig’ishtirib qo’yish.
d) Maktab kutubxonasida:
- kutubxona va ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo’lish ;
- kutoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;
- baland ovozda so’zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;
-qog’oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
e) Sport majmualarida:
- sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyafzallarda kirish;
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
- mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to’liq rioya qilish.
Bundan tashqari, o’quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:
- o’zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda o’quvchilik odobi haqida ijobiy taasurot hosil qilishga intilish;
- ko’ch-ko’yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy berish;
- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
- o’z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to’g’risida qayg’urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.

фильмы бесплатно Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов и GameFound - Video Games Database Search
Наверх