"Sеn asli Vatansan, Onasan Ayol"

“Sen asli Vatansan, Onasan ayol"
O`lkamizga bahor fasli kirib kelishi bilan ajib bir tarovat, nafislik tabiatni julg`ab oladi. Bahor kelishi bilan har tong ona zamin hidi, uyg`ongan tuproq hidi dimog`imizga uriladi. Bu bahordan yangilanishdan nishonadir. Ne ajabki, shunday iforli kunlarda biz aziz onajonlarimizning, go`zal opa-singillarimizning bayramlari 8-martbayramini nishonlaymiz. Shu munosabat bilan 7-mart kuni maktabimizda “Sen asli Vatansan, Onasan ayol" shiori ostida katta bayram tadbiri o`tkazildi. Tadbirda ota-onalar, mehmonlar va “Yangi ariq” MFY ning nuroniy onaxonlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida o`qituvchi va o`quvchilar ijrosida onajonlarni, opa-singillarni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlar, she`rlar va sahna ko`rinishlari namoyish etildi.

скачать dle 12.0
Добавлено: 9-03-2018, 14:06
0
341

Похожие публикации


Наверх