"Tabiiy fanlar" tadbir bellashuvi

" Tabiiy fanlar" tadbir bellashuvi
Maktabimizda "Tabiiy fanlar" oyligi tugashi munosabati bilan "Quvnoq kimyogarlar" tadbir bellashuvi bo'lib o'tdi.Unda maktabimizning 7-8-sinf o'quvchilari ishtirok etdi.Tadbirda 7-8-sinf o'rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan savol-javoblar o'tkazildi va jonli burchaklar tashkil etildi.bundan tashqari sinf o'quvchilarining tabiiy fanlardan tayyorlagan rasmlar tanlovi va biologiya fanidan maktab hovlsiga o'quvchilar tomonidan ko'chatlar o'tqazildi. Tadbir so'ngida 7-"A" 7-"B" sinflari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. O'quvchilar quyidagi shartlar bo'yicha bellashdilar.
1-shart "Foydali maslahatlar"
2-shart "Sherigini top"
3-shart "Qiziqarli tajriba"
4-shart tezkor savol javoblar
5-shart krosvord yechish
Tadbir bellashuvidan faxrli o'rinlarni egallagan sinf o'quvchilari maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.


скачать dle 12.0
Добавлено: 31-03-2018, 16:52
0
410

Похожие публикации


Наверх