Ilm olish afzalligi haqida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Karmana tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan imom-xatiblar ishtirokida ilm olish afzalligi haqida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish yuzasidan Xalq ta’limi bo‘limining 2017 yil
26 sentyabrdagi 01-928-sonli xati chiqarilib, joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari 31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarga 17 nafar imom-xatib, 2325 nafar o‘quvchi, shu jumladan, 44 nafar maxsus hisobdan chiqarilgan shaxslarning farzandlari ishtirok etishdi.

Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan imom-xatiblar ishtirokida ilm olish afzalligi haqida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar ommaviy axborot vositalarida 3 ta maqola, 2 ta radio eshittirish hamda ta’lim muassasalarining veb-sahifalarida yoritildi.

Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh va do‘st-birodariga hurmat hamda Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada shakllanishiga erishildi hamda milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida mustaqil fikrlashga o‘rgatish, milliy mafkuraga sadoqat tushunchalari berildi. 
karmana-xtb.uzскачать dle 12.0
Добавлено: 24-11-2017, 21:48
0
459

Похожие публикации


Наверх