Kitobxonning shaxsiy kutubxonasida

   O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ma’qullangan "Intellektual salohiyatli yoshlar – O‘zbekistonning yorug‘ kelajagi” nomli grant loyihasini amalga oshirish tadbirlari davom etmoqda. 
Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan bu galgi tadbir Karmana tumanining "Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi iqtisod fanlari nomzodi Samandar Qobulov xonadonida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Elyor Kenjayev, tumandagi 5-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari, viloyatdagi bir guruh ijodkor-lar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Samandar akaning aytishicha kitobga bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishi shaxsiy kutubxona tashkil qilish uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Xonadondagi kutubxonada 3500 ta kitob jamlangan bo‘lib shulardan 10 tasi qahramonimiz muallifligida chop etilgan. 
– Kitobga bo‘lgan muhabbat bolaligimdan shakllangan, – deydi Karmana tumanidagi 5-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sitora Nurmurodova. – Mazkur tadbir tashkilotchilaridan juda ham minnatdorman. Men ham kelajakda o‘z shaxsiy kutubxonamni tashkil etaman. 
Ha, inson doim harakatda bo‘lsagina ko‘zlagan maqsadlariga erishadi. S.Qobulov ham izlanishda. Hozirda u kishi Karmana tarixi haqida 350 betlik kitobni tayyor holga keltirgan. Umid qilamizki, yaqin orada ushbu kitob ham o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi va qahramonimiz kutubxonasidagi kitoblar soni yana bittaga ko‘payadi.
Malika MAHKAMOVA.
скачать dle 12.0
Добавлено: 24-11-2017, 22:36
0
434

Похожие публикации


Наверх